Avtomatik tutashtirish (kosmonavtikada) – kosmik apparatlar orbitaga alohida-alohida chiqarilgandan soʻng ularni avtomatik usulda ulash. Kosmik apparatlarni orbitada taʼmirlash, kosmik stansiyalarni orbitada yigʻish, yonilgʻi, yordamchi jihoz va raketalar bilan taʼminlash, avariya holatlari yuz berganda kosmonavtlarni qutqarish va boshqalarga imkon beradi. Avtomatik tutashtirish texnik jihatdan juda murakkab ish boʻlib, kosmik apparatlar orbitaga chiqarilganda ularning orbita tekisliklari ustma-ust tushishini, apparatlarning bir-biriga qattiq urilib ketmasligini, bir-biriga tomon juda aniq va ohista yoʻnaltirilishini talab qiladi. Bu ishlar yerdagi maxsus stansiyalardan yoki kosmonavtning boshqarish pultidan boshqarib turiladi. Dunyoda birinchi marta 1967-yil 27-30-oktabrlarda uchirilgan yer sunʼiy yoʻldoshlari – „Kosmos-186“ va „Kosmos-188“ avto-matik tarzda ulandi. Ular ulangan holda 3 yarim soat davomida yer atrofida ikki marta aylanib chiqqandan soʻng yana ajratilib, 31-oktabrda „Kosmos-186“ Yerga qoʻndirildi. Keyinchalik „Soyuz“, „Salyut“ va amerika „Apollon“ dasturidagi kosmik kemalar tutashtirildi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil