Avtomobil sugʻurtasi - avto va mototransport vositalarini hamda haydovchi va yoʻlovchilarni sugʻurtalash. Tanlangan variantdan kelib chiqqan holda sugʻurta qoplamasining har xil turlarini nazarda tutadi. Ulardan keng tarqalgani - avtomobil salonida boʻlgan haydovchi va yoʻlovchilarni yoʻl-transport hodisasi (YTH) natijasida tan jarohatlari etkazilishidan sugʻurtalash; YTH natijasida tibbiy xarajatlarni sugʻurtalash (tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha davolanish uchun xarajatlar(; YTH natijasida vafot etishini sugʻurtalash; YTH va b. natijasida tranport vositasining zararlanishi yoki butunlay nobud boʻlishini sugʻurtalash. Avtomobil sugʻurtasi sohasi avtomobil yoki mototsikldan foydalanishda yuqori xavf manbaasi ekanligi bilan bogʻliq uchinchi shaxlarning hayoti, sogʻligʻi va mulkiga etkazilgan zarar uchun avtotransport egasining fuqarolik masʻuliyatini sugʻurtalashni Oʻz ichiga oladi (koʻpchilik davlatlarda majburiy hisoblanadi).

http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php (Wayback Machine saytida 2006-08-31 sanasida arxivlangan)