Avtopoliploidiya
Avtopoliploidiya, autopoliploidiya (avto va poliploidiya) – bir turga mansub oʻsimliklar, kamdan-kam hollarda hayvonlar hujayralarida xromosomalar toʻplami sonining bir necha marta koʻpayishidan iborat irsiy oʻzgarish. Avtopoliploidiya oʻsimliklar va hayvonlar ontogenezida, shuningdek oʻsimliklar filogenezida, hayvonlar partenogenezida muhim ahamiyat kasb etadi. Sunʼiy yoʻl bilan (yuqori temperatura, nurlantirish, kimyoviy birikmalar taʼsirida) paydo qilingan Avtopoliploidiya orqali grechixa, javdari, qand lavlagi va boshqalarning yangi navlari olingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |