Avtoshturman
Avtoshturman – mustaqil aero-navigatsiya qurilmasi. A. samolyot yoʻlini haritaga chizib boradi. Samolyotning uchish yoʻnalishini maxsus tizimli dis-tansion kompas koʻrsatib turadi. Samo-lyotning havoga nisbatan tezligi haqiqiy havo koʻrsatkichidan qayd qiluvchi mosla-maga uzatiladi. Shamolning yoʻnalishi va tezligiga oid tuzatma kiritilsa, A. samolyotning yoʻlini yerga nisbatan, tu-zatma kiritilmasa, havoga nisbatan qayd qilib boradi yoki koʻrsatadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |