Avtotipiya
Avtotipiya (avto ... va yun. tupos -nusxa, qolip) – 1) rangli tasvirlarning hamma tusini asliday chop etish uchun fotomexanik yoʻl bilan maxsus bosma qolip (klishe) tayyorlash usuli. A.da ori-ginal rastr deb ataluvchi tur (shisha pla-stikalarga tushirilgan qora kataklar) orqali suratga olinadi. Originalning eng ochiq rangli yeridan aks etgan nurlar rastr kataklaridan oʻtib, negativda eng katta nuqtalar, qora (toʻq) yeridan aks etgan nurlar esa eng kichik nuqtalar hosil qiladi. Boshqa yerlardan qaytgan nurlar och-toʻqligiga qarab negativda turli kat-talikdagi nuqtalar shaklida aks etadi. Bunday negativdan tayyorlangan klisheda ham, undan foydalanib bosilgan nusxada ham tasvir son-sanoqsiz nuqtalardan iborat boʻladi. Ammo koʻz nuqtalar ora-sidagi boʻshliqni ilgʻamaydi, nuqtalar yaxlit boʻlib tuyuladi. Nuqtalarning zichroq joylari toʻqroq, siyrakroq joylari ochroq boʻlib koʻrinadi. A.dan foto-surat, qalam yoki boʻyoqda chizilgan rasm va hokazoni chop etishda foydalaniladi; 2) rastrli klishedan olingan nusxa.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |