Avuarlar
Avuarlar (frans. avoir – mulk) – 1) bankning toʻlovlar toʻlanadigan va majburiyatlar qoplanadigan mablagʻlari (chek, veksel, pul oʻtkazmalari, akkre-ditivlar, qimmatbaho qogʻozlar, oltin, chet el valyutasidagi pul vositalari); 2) banklarning xorijiy mamlakat banklarida saqlanayotgan chet el valyutasidagi mablagʻlari. Bunday mablagʻlar odatda xorijiy A. deb ataladi va mablagʻ joy-lashtirilgan mamlakat yurisdiksiyasiga boʻysunadi; 3) xususiy shaxs va tashkilotlarning banklardagi omonatlari.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |