Axaltaka ot zoti

(Axaltakadan yoʻnaltirildi)

Axaltaka ot zoti – salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan biri[1]. Xalq seleksiyasida Janubiy Turkmanistondagi Axaltaka vohasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi (poygada 1000 m masofani 1 minut 05 sekundda bosib oʻtadi).

Miloddan avvalgi I-IV asrlarda bronzadan yasalgan qadimgi Axalteka oti.

Axaltaka ot zotining toʻshi tor, sagʻrisi ixcham va choʻzinchoq, oyoqlari nozik, chiroyli, terisi yupqa va taqir. Tusi aksariyat hollarda toʻriq, koʻk va saman tusda boʻladi. Sof zot otlar ichida oʻzining koʻrkamligi va harakatchanligi bilan ajralib turadi.

Aygʻirlarining qarchigʻayigacha balandligi 157 sm (ayrim hollarda 160– 165 sm), koʻkrak qafasi aylanasi 167 sm, toʻpigʻi aylanasi 19 sm. Asosan Turkmaniston va Qozogʻistonda, Rossiya, AQSHda boqiladi. Axaltaka ot zoti ishtirokida koʻpgina chopqir ot zotlari chiqarilgan.

Manbalar

tahrir
  1. "Axaltaka ot zoti". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000–2005. 

Havolalar

tahrir