"Axloqi Jaloliy" - Davoniyning axloqqa oid asari. Toʻla nomi "La-vomi ul-ashroq fi makorim il-axloq" ("Yaxshi xulqlarda nurlar ziyosi"). Asar Oq qoʻyunli sulolasining asoschisi Hasanbekning iltimosiga koʻra uning oʻgʻli Sulton Xalilga atab yozilgan. Unda axloqiy muammolar ijtimoiy-falsa-fiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflo-tun, Ibn Miskaveyx, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino va Nasriddin Tusiylarning axloqiy ta’limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat. Muallif bi-rinchi qismda xulqiy tarbiya va axloqiy hislatlarni egallash haqida soʻz yuritib, axloqning asosiy tushunchalari: dono-lik, adolat, shijoat va iffatga mufas-sal toʻxtaladi, axloq ilmining maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Ik-kinchi qism oila va oilaviy hayot masa-lalariga bagʻishlangan. Unda bolalarni tarbiyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash, xulq-odob qoidalari, nutq madaniyati va b. yoritiladi. Uchin-chi kiyem ijtimoiy-siyosiy masalalar-ga bagʻishlangan. Unda shahar, ya’ni dav-latda yashovchi xalqlar, davlat boshligʻi va fuqarolarning oʻzaro munosabati, jamiyat haqida fikr-mulohazalar oʻrin egallagan. Risola keyingi davrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida keng 817tarqaldi. U Eron, Hindiston, Arab mam-lakatlari, Movarounnahr va Xurosonda maktab va madrasalarda asosiy qoʻllan-ma vazifasini oʻtagan.Haydar Aliqulov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil