Axmad Yassaviy masjidi
41°28′42″N 69°32′7″E / 41.47833°N 69.53528°E
Masjid | |
Axmad Yassaviy masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Manzil | Xovos 1-tor koʻchasi 49-uy[1] |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlar | mahalla ahli |
Binokorlik sanasi | xashar |
Binokorlik | ???—1992-yil |
Soʻngi imom | Xushvaqtov Alimardon Ashurovich[1] |
Maqomi | Ishlaydi |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Qurilish materiali | Gʻisht, beton, temir, yogʻoch, |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Axmad Yassaviy masjidi Vikiomborda |
Axmad Yassaviy masjidi — Toshkent shahrining Yashnobod tumani joylashgan jomeʼ masjid[1]. 1996-yil 24-iyul sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan „Qul Xoja Ahmad Yassaviy“ masjidi nomi bilan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].
Tarixi
tahrirMasjid 1992-yilda mahalla ahli tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Masjidga mashhur mutasavvuf, „Turkiston mulkining ulugʻ Shayx-ul-mashoyixi“ deya nomlangan Xoja Ahmad Yassaviy hazratlarining nomlari berilgan. XII asrda Markaziy Osiyoda paydo boʻlgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Hoja Ahmad Yassaviy 1041-yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. Uning vafot etgan vaqti koʻpgina qoʻlyozma manbalarda hijriy 562 (1166—1167) yil deb yozilgan. Ahmad yoshligida onasidan, keyin esa otasidan ajraladi. Uni bobosi Arslonbob tarbiyalab katta qiladi. Ahmad dastlabki taʼlimotni Yassida mashhur olim Shahobiddin Isfijobiydan oladi. Soʻngra bobosi Arslonbob koʻrsatmasi bilan Buxoroga borib, Shayx Yusuf Hamadoniydan taʼlim oladi. Ahmad Yassaviyning oʻzi „Ustoz Yusuf Hamadoniyning huzuriga 23 yoshida borganini“ aytadi. U yerda tasavvufdan taʼlim olib, soʻng oʻz yurtiga qaytadi. Oʻzi olgan taʼlimotini targʻib etib, shogird va muridlar tayyorlay boshlaydi. Rivoyatlarga koʻra, Yassaviy 63 ga (Paygʻambar yoshiga) yetgach, yer ostida hujra yasatib, „chilla“ga kirgan va qolgan umrini riyozatlar chekib, toat-ibodat qilib, hikmatlar yozib, yer ostida oʻtkazgan. Bir rivoyatga koʻra, u 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda, 133 yil umr kurgan. „Yassaviya“ tariqatidan keyin Markaziy Osiyoda ikki yirik tariqat : „Nakshbandiya“ (Xoʻjagon), „Bektoshiya“ tariqati paydo boʻladi. Yassaviya tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari boʻlmish „Hikmat“da mufassal bayon etilgan[3].
Joylashuvi
tahrirMasjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Xovos 1-tor koʻchasi[4] 49-uy manzilida joylashgan. Masjid Axmad Yassaviy mahallasi hududiga kiradi. Masjidning yon qismida 155-maktab joylashgan. Masjid binosi maktab binosiga tutash qilib qurilgan. Masjiddan 1.8 km masofada „Islom ota“ masjidi va 530 m masofada metro deposi joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Ахмад Яссавий жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
- ↑ „Информация о компании“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
- ↑ vakillikuz. „«Аҳмад Яссавий» жоме масжиди“ (uz). vakillik.uz (2015-yil 17-sentyabr). 2023-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
- ↑ „2-й проезд Хаваст Ташкент“ (ru). geodzen.com. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.