Axtamqul Karim
Axtamquli — Axtamqul Karim— 1964-yil 20-mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Shotiroʻd qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy Adabiyot kursida tahsil olgan[1]. Ayni damda "Tong yulduzi" gazetasining boʻlim muharriri boʻlib ishlaydi.
Asarlari
tahrirUning „Bodomginam“ (2003), „Qorachiqda asraganimsan“ (2005), „Bahorimdan kechikkan gul“ (2007), „Qirq gʻazal“ (2009), „Boshimda osmon aylanar“ (2014), „Qarogʻimda gullaydi Vatan“ (2016), „Soʻz chamani“ (2020) nomli sheʼriy hamda „Ibratli hayot“ (2005), „Baxt izlagan Odam“ (2007), „Yakkabogʻda ulgʻaygan chinor“ (2013) nomli biografik qissa va „Togʻlar ham qariydi“ (2012), „Lolazorim Shotiroʻd“ (2020) nomli hikoyalar toʻplamlari chop etilgan.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |