Ayamajuz (arab.ayyom – kunlar, ajuz – kampir) – qishning oxirgi kunlari. Mart oyining birinchi haftasida boʻladigan sovuq va izgʻirinli kunlar. A. haqida xalq orasida "ayyom kampir olti kun, qahr aylasa yetti kun", "A. kirganda toʻqson – bir kunimcha yoʻqsan" kabi naqllar tarqalgan. Chorvachi qozoqxalqi A.ni oʻtamali deb ataydi. A. chorvaning qishlovdan qaytib, qoʻzilash oldidan oriqdab, qishdan arang chiqqan vaqtiga toʻgʻri keladi, shunday paytda ba’zan qorboʻronli kunlar boshlanib, ehtiyot cho-ralari koʻrilmasa, mol qirilib ketishi mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil