Ayb eʼlon qilish
Ayb e’lon qilish – ayb-230dor sifatida javobgarlikka tortish haqidagi qarorni ayblanuvchiga e’lon qilish. Muayyan shaxs tomonidan qilingan jinoyat haqida yetarli dalil (asos) toʻplangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 46; 98–100- va 110-moddalariga binoan qaror chiqarilib, unda ayblanuvchiga qoʻyilayotgan ayb aniq koʻrsatiladi. Ushbu qaror bilan tanishuv paytida ayblanuvchi oʻzining qanday jinoyat qilishda aybla-nayotganini aniq bilib oladi va tushun-tirish beradi. Ayb e’lon qiluvchi shaxs ayblanuvchiga ayb hamda qoʻllanilayotgan qonun mazmunini uning oʻzini himoya qilish uchun zarur protsessual huquqlarini tushuntirib berishi shart. Ayblanuvchi mazkur qaror bilan tanish-ganligi uchun imzo chekadi. Soʻngra e’lon qilingan aybning barcha bandlari boʻyicha qayta boshdan soʻroq qilinib, oʻz aybiga iqrormi, yoʻqmi ekanligi aniqlanadi. Tergov tugagunga qadar ayblanuvchining asosli qoʻshimcha iltimoslari bajarila-di, vajlar tekshirib koʻriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |