Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz


Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz – ariza be-ruvchining oʻzi sodir etgan jinoyati toʻgʻrisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon qilinmasdan oldin bergan xabari (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 113-modda). Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz o.t.a. ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ogʻzaki xabar-nomani bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir ma’lumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni bi-rinchi shaxs nomidan bayon qilinadi, ba-yonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi. Arz surishtiruvchi, tergovchi, proku-ror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi. Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz o.t.a. ushbu Ko-deksning 322-moddasi l-qismi (5-bandi) talabiga koʻra jinoyat ishini qoʻzgʻatishga asoslardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 54-modda 2-qismi, 55-modda l-qismi "a" bandiga asosan bunday arz jazoni yengillashtiruvchi holat, deb topilishi shart.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil