Ayblov xulosasi
Ayblov xulosasi – jinoyat yuzasidan tergov natijasida aniqlangan holatlar va ayb mazmuni bayon etilgan protsessual hujjat. Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib boʻlgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi fikri oʻzgarmagan boʻlsa, Ayblov xulosasi tuzadi. Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi toʻgʻrisidagi ma’lu-motlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining oʻzini himoya qilish uchun keltirgan vajlar va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi. Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi hamda e’lon qilingan ay-blovning mazmuni JKning shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham koʻrsatgan holda bayon qilinadi. Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdi-klovchi ish sahifalari koʻrsatilishi ke-rak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi koʻrsatilib, tergovchi tomonidan imzola-nadi (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 379-modda).232A.x.ga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek qoʻllangan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi toʻgʻrisidagi, ashyoviy dalillar, fuqaroviy da’voni va mol-mulkning musodara qilinishi ehtimolini ta’minlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ilova kilinadi. Tergovchi Ayblov xulosasi ni im-zolaganidan keyin jinoyat ishini darhol prokurorga yuboradi (Oʻzbekiston Respublikasi JPK 380–381-moddalar).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |