Aydar
Aydar (Haydar) – ustida tosh par-chalari uyulib yotgan qir, tepa, doʻnglar, ya’ni tosh kokilli doʻnglar. Shamol qirlarning ustki qismidagi gʻovak mayda jinslarni uchirib ketgach, yirikroq togʻ jinslari boʻlaklarining koʻrinib qolishidan hosil boʻladi. Joy nomlari tarzida ham uchraydi: Aydar shoʻrxogi, Aydar koʻli, Aydarli qishlogʻi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |