Aygun shartnomasi
Aygun shartnomasi – Ros-siya bilan Xitoy oʻrtasida Aygun shahrida tuzilgan shartnoma (1858). Amur daryosi boʻylab chegara chizigʻi oʻrnatishni belgi-lagan. Aygun shartnomasiga binoan, Amur daryosining soʻl qirgʻogʻidagi yerlar (Argun daryosidan to Amurning dengizga quyilishigacha boʻlgan yerlar) Rossiyaga qoʻshildi. Amoʻrning Ussuri daryosigacha choʻzilib ketgan oʻng sohilidagi yerlar esa Xitoyga oʻtdi. Natijada Rossiya va Xitoy kemalari Amur, Ussuri va Soʻngari daryolarida suzib yurish uchun teng huquqqa ega boʻldi. Ikki mamlakat shu daryolar orqali savdo-sotiq qiladigan boʻldi. Aygun shartnomasiga binoan Ussuri oʻlkasi boʻylab belgilangan chega-rani Tyanszin (1858) va Pekin (1860) shartnomalari qayta tasdiqladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |