Ayiq panjasi (inglizcha: Bear claw) ― 1920-yillarning oʻrtalarida Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlgan Daniya uslubidagi xamirturushli xamirdan tayyorlanadugan shirin pishiriq[1]. Daniyada ayiq panjasi kamme[2] deb ataladi. Qandolat mahsulotlari uchun ishlatiladigan „ayiq panjasi“ nomi birinchi marta 1915-yilda tasdiqlangan[3]. Bu ibora Gʻarbiy Amerika ingliz tilida[1] koʻproq uchraydi va AQShning mintaqaviy dialektlari boʻyicha tadqiqotlarining natijalariga 87-savol bilan kiritilgan: „Siz qandolatchilik uchun ayiq panjasi atamasidan foydalanasizmi?“[4].

Ingredientlar / Shakli

tahrir

Daniya pishiriqlarining koʻpi tuxum, xamirturush, un, sut, shakar va sariyogʻ kabi bir xil asosiy ingredientlarni oʻz ichiga oladi[2]. Ayiq panjasi ham „shirin xamir“dan tayyorlanadi, bu „odatdagidan koʻproq yogʻli boʻlgan non xamiri“[5]. Daniya pishiriqlarining koʻpi oʻrtasidagi farqlardan biri, taʼmidan tashqari, ularning shaklida[2]. Ayiq panjasi odatda bodom pastasi[6], baʼzan esa mayiz bilan toʻldirilgan boʻlib, odatda yarim doira shaklida boʻlib, bir tomonida kesiklari boʻladi. Duxovkada xamir koʻtarilganda, boʻlaklar bir-biridan ajralib, ayiq barmoqlari shaklini hosil qiladi, nomi ham shundan kelib chiqqan[7]. Ayiq panjasi shuningdek xamirturushli xamirdan asl shakliga oʻxshatib pishirilgan korjik boʻlishi mumkin[7]. Bunday korjiklar ichiga olma pirogi kabi masalliq solish yoki pekan yogʻi, xurmo, qaymoqli pishloq, uzum yoki olcha kabi boshqa nachinkalar solinishi mumkin. Bodom yoki mayizdan ayiq panjasi shakli tayyorlanadi[8].

Tayyorlanishi

tahrir

Ayiq panjasini qoʻlda yoki mashinada tayyorlash mumkin[9]. Ayiq panjasini 1950-yilda Jeyms Fennell[10] ixtiro qilgan ayiq panjasi pichogʻi yordamida qoʻlda yasash mumkin. 1948-yildagi patentda ayiq panjasini yigʻish jarayoni tasvirlangan: xamirni yoyish, uning ustiga masalliqni solish, xamirni rulonga oʻrash, ularga tirnoq koʻrinishini berish uchun kichik kesiklar qilish va nihoyat, xamirni alohida pirojniylarga kesish[9][11]. Bu vaqtda xamirni yarim doira shaklida egish mumkin, buning natijasida „panjaning barmoqlari“ ajralib chiqadi[12].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Bear claw“. Dictionary of American Regional English. Qaraldi: 4-sentabr 2012-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 Roufs, Timothy G., and Kathleen Smyth Roufs. Sweet Treats around the World: An Encyclopedia of Food and Culture. ABC-CLIO, 2014. Gale eBooks, https://link.gale.com/apps/pub/8NLE/GVRL?u=wash_main&sid=GVRL. Accessed 16 Oct. 2020.
  3. „Bear Claw“. Merriam-Webster.com. Qaraldi: 28-iyun 2021-yil.
  4. „Dialect Survey Results“. Joshua Katz, Department of Statistics, NC State University. 6-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2013-yil.
  5. "Frozen Cakes and Pastries." ID : the Voice of Foodservice Distribution, vol. 29, no. 11, 1993, p. 113.
  6. FrancesC. „Almond Bear Claws“. Allrecipes.com. 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentabr 2012-yil.
  7. 7,0 7,1 Pastry, Joe „The Bear Claw“. Joe Pastry. Qaraldi: 4-sentabr 2012-yil.
  8. Up Your Pastry Game, delaya Bear Claws[sayt ishlamaydi]
  9. 9,0 9,1 Le, Conie Stiles (Jan 13, 1948), Production of coffee cakes, qaraldi: 2016-03-24. US Patent US 2434339 A. Filed 1944-03-22. Granted 1948-01-13.
  10. C, Fennell James. „Bear Claw Cutter.“ 1950.
  11. Medvejiy kogot (Bear Claw)
  12. Mushet, Cindy, Sur La Table „Bear Claw“, . The Art and Soul of Baking (en). Andrews McMeel Publishing, 2008-10-21 — 118-bet. ISBN 9780740773341.