Aylanma kapital
Aylanma kapital – kapital (ishlab chiqarish fondlari)ning har bir ishlab chiqarish siklida "I sarf etiladigan va qiymati ishlab 4 chiqarilgan tovarda toʻliq oʻtadigan qismi. Sarflangan Aylanma kapital miqdori kapitalning doiraviy aylanishi oxirida tovar sotilishi bilan pul shaklida ishlab chiqaruvchi qoʻliga qaytadi. Xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi va boshqa, shuningdek ish kuchi sotib olishga sarflanadigan xarajatlar aylanma kapital ga kiradi (qarang Kapital).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |