Aylanma naqsh — doira, halqa, aylanma shakllar asosida tuzilgan oʻsimliksimon naqsh; band, barg, gulcha va boshqalardan tashkil topgan, chirmashgan gulcham-bar koʻrinishiga ega. Amaliy bezak san’atida, ayniqsa, Xivada aylanma islimiy nomi bilan mashhur. Yogʻoch, ganch, tosh, mis va boshqa buyumlar bezagida keng qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil