Ayollar ansambllari
AYOLLAR (AN’ANAVIY) ANSAM-BLLARI – xotin-qizlardan tashkil topgan ashula-raqs yoki ashula-cholgʻu an-sambllar; qadimdan oʻzbek milliy musiqa ijrochiligi rivoji jarayonida yuzaga kelgan. Odatda 3–4 ayol xonanda, sozanda va raqqosalarni birlashtiradi. Repertu-ari oʻzbek xalqi musiqa merosining boy an’analari va xususan mahalliy musiqiy uslub (sheva)larga tayangan. Bunday an-sambllar turli vohalarga xos ijrochilar 202– yallachi (Fargʻona vodiysi), sozanda (Buxoro), xalfa (Xorazm) va hokazo nomlar bilan ham yuritilgan. A. (a.) a. odatda tuy va boshqa marosimlar, turli xil sayillarda oʻz qoʻshiq-raqslarini omma oʻrtasida ijro etib kelgan. Oʻzbekistonda ayollarning professional va havaskorlik tarzidagi zamonaviy ansambllardan tashqari, davlat professional (dutorchi qizlar, garmoniy qizlar va boshqalar), havaskor folklor ("Yor-yor" – Namangan, "Noza-nin"–Buxoro, "Gulyor"– Toshkent vilo-yati, "Quvasoy yor-yori", "Onaxonlar"– Fargʻona, "Omon yor"–Qoʻqon va boshqalar) an-sambllari mavjud.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |