Ayollar daftari — o‘gir ahvolga tushib qolgan, maʼnaviy va psixologik ko‘makka muhtoj ayollarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak berish maqsadida bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borishga mo‘ljallangan maʼlumotlar bazasi[1][2].

Ayollar daftariga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
  • tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
  • qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Xotin-qizlarni tadbirkorlik yo‘nalishida shug‘ullanishi uchun 33 milliongacha kreditlar ajtatish ko‘zda tutilgan[3]. Maʼlumotlar bazasiga kiritlgan xotin-qizlar toʻliq tartibda ijtimoiy va moddiy jixatdan qo‘llab-quvvatlangandan so‘ng yoki qarorda belgilangan bandlarga asosan ushu bazadan chiqariladi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir