Ayollarning saylov huquqi
Ayollarning saylov huquqi — ayollarning saylovlarda ovoz berish erkinligidir. XIX-asr oxirigacha Finlandiya, Islandiya, Shvetsiya, Avstraliya kabi baʼzi mustamlaka davlatlar va AQShning baʼzi gʻarbiy shtatlarida ayollar cheklangan boʻlsa ham saylov huquqiga ega boʻlgan edi[1]. Shu davrdan boshlab ayollar harakati doirasida ayollarning saylov huquqi va erkaklar bilan teng fuqarolik huquqlari uchun kurashlarni olib borish uchun milliy va xalqaro tashkilotlar tuzila boshlandi. Bunday tashkilotlardan eng muhimi, 1904-yilda tashkil etilgan Xalqaro ayollar saylov alyansidir.[2]
1893-yilda Britaniya imperiyasining mustamlakasi boʻlgan Yangi Zelandiya ayollari ovoz berish huquqini qoʻlga kiritgan. Bu huquq 1894-yil Janubiy Avstraliyaga ayollariga berilgan[3], 1899-yil Gʻarbiy Avstraliya hududiga ham bunday huquq berilgan[4]. 1902-yilga kelib ayollar barcha koloniyalarda, yaʼni butun Avstraliya boʻylab saylov huquqiga ega boʻldi. Ammo mahalliy avstraliyalik aborigenlarga, shu jumladan, aborigen ayollarining ovoz berishi huquqiga oid kamsituvchi qonunlar 1962-yilgacha oʻz kuchida qoldi[5][6].
Yevropada ayollarning ovoz berish huquqini qoʻlga kiritgan birinchi mamlakat Finlandiya boʻlib, u yerda 1907 yilgi parlament saylovlarida dunyodagi ilk ayol deputatlar saylangan edi. 1913-yilga kelib, bu masalada Norvegiya Finlandiyaning ortidan ergashadi. 1917-yilda Rossiyada Muvaqqat hukumat davrida bu huquq ayollarga berilgan boʻlsa, 1918-yilda esa yangi tashkil etilgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasida joriy qilinadi.
Birinchi jahon urushidan soʻng, ayollar 1917-yilda Kanadada, 1918-yilda suffragetlar(ayollar haq-huquqlari uchun kurashuvchi harakat) tomonidan olib borilgan koʻp yillik tashviqotdan soʻng Buyuk Britaniyada. AQShda esa 1920-yilda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirish bilan ovoz berish huquqiga ega boʻlgan edilar. Bir tomondan Birinchi jahon urushi bu masalaga qarashlarni oʻzgartirishda muhim rol oʻynaydi. Urush vaqtida ayollarning gʻalabalarga hissasi ularning erkaklardan past turishi haqidagi tasavvurga va ayollar ovoz bermasligi kerak degan argumentga bolta urgan edi. Lesli Humning fikriga koʻra, agar ayollar oʻq-dori ishlab chiqaruvchi zavodlarda ishlash imkoniga ega boʻlsa, ularning ovoz berish kabinalariga kirishiga toʻsqinlik qilish maʼnosiz boʻladi. Biroq, Humning taʼkidlashicha, ovoz berish huquqi urushdagi hissalar uchun mukofot boʻlmasligi kerak. Shuningdek urush davrida ayollarning mehnati ularning jamoat ishlaridagi ishtiroki borasidagi qoʻrquvni deyarli yoʻqqa chiqaradi.[7]
1934-yil 5-dekabrdan boshlab Turkiyada ayollarga saylash va saylanish huquqi beriladi. Fransiyada 1944-yil 4-oktyabrda qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan ayollarga saylash va saylanish huquqi berilgan edi. 1945-yil 29-aprelida boʻlib oʻtgan munitsipalitet(oʻz-oʻzini idora qiluvchi jamoa) saylovlarida birinchi marta qatnashgan ayollar 1945-yilning 21-oktabrida parlament saylovlarida ham ovoz berishadi.
II. jahon urushidan soʻng Birlashgan Millatlar Tashkiloti ayollarning saylov huquqi masalasini kun tartibiga qoʻyadi. 1979-yilda qabul qilingan va 189 davlat aʼzo boʻlgan „Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida“gi Konvensiyada saylov huquqi asosiy huquqlardan biri sifatida belgilab qoʻyilgan edi. Ozarbayjon islom davlatlari ichida ayollarga saylov huquqini bergan birinchi davlat hisoblanadi. U yerda ayollar 1918-yildan beri saylov huquqiga egadirlar.[8]
Yana qarang
tahrirManba
tahrir- ↑ Woman Suffrage and Women's Rights. NYU Press, 1998 — 174-6-bet. ISBN 9780814719015. Qaraldi: 31-mart.
- ↑ Allison Sneider, „The New Suffrage History: Voting Rights in International Perspective“, History Compass, (July 2010) 8#7 s. 692-703,
- ↑ „Women's Suffrage Petition 1894“ (PDF). parliament.sa.gov.au. 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart.
- ↑ „Legislative Assembly“. The West Australian (15 aralık 1899). 2 şubat 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 ocak 2017.
- ↑ „Foundingdocs.gov.au“. Foundingdocs.gov.au. 1 haziran 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 ocak 2011.
- ↑ „First in the World“. Elections.org.nz. New Zealand Electoral Commission (15 şubat 2013). 13 ağustos 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 haziran 2016.
- ↑ The National Union of Women's Suffrage Societies 1897-1914. Routledge, 2016 — 281-bet. Qaraldi: 31-mart.
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 11 ağustos 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 ağustos 2019.