Ayozbiy madrasasi
Ayozbiy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Ayozbiy madrasasi Qozi oʻrda guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Buxoro amirlari Amir Haydar va Amir Nasrullo davrida Ayozbiy tomonidan bunyod etilgan. Ayozbiy Buxoro amiri saroyida katta nufizga ega boʻlgan shaxslardan biri edi. U dastlab Nasrulloxonning davlat hokimiyati tegpasiga kelishida Umarxon tomonida boʻlib, unga qarshi kurash olib boradi. Keyinchalik u Nasrulloxon tomonga oʻtib ketadi. Oʻsha paytda Ayozbiy toʻpchiboshi lavozimida boʻlgan. Nasrulloxon uning oldingi mansabini saqlab qolgan. U Buxoro amiri Nasrulloxon bilan birga Shahrisabz bekligi uchun olib borilgan janglarda faol ishtirok etgan. Uning bundan soʻng martabasi oshib, biy lavozimi beriladi. Samarqand hokimi qilib tayinlanadi. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ularning birida ushbu madrasada faoliyat olib borgan mudarrislarning maoshi 7—8 tillani tashkil etgan. Manbalarga koʻra XIX asr oxiri XX asr boshlarida Ayozbiy madrasasida mulla Abdurahim, mulla Hakim, mulla Muhammad Sharif ismli mudarrislar faoliyat yuritishgan. Madrasa hujralarida 2 nafardan talaba yashagan. Bundan tashqari hujjatlarda madrasada tahsil olgan talabalar ismlari ham mavjud. Jumladan Shokir Vobkandiy, Said Kamol Vobkandiy, Abdusamad Gʻijduvoniy kabi talabalar tahsil olishgan[2].
Ayozbiy madrasasi 51 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Ayozbiy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Ayozbiy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Ayozbiy |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 51 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |