Ayrisimon bez
Ayrisimon bez (buqoq bezi, ti-mus) – umurtqali hayvonlar va odamning ko'krak qafasida to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan bez. Yoshlik (oʻsmirlik) davrida yaxshi taraqqiy etgan boʻladi. Qon hosil boʻlishida (bunda Ayrisimon bez dan limfotsitlar vujudga keladi), organizmning oʻsishi va umumiy rivoj-lanishida, immunitet yuzaga kelishida ishtirok etadi. Bu bez chaqaloqlarda 12 gr, 14-15 yoshli odamda 30-40 grammgacha yetadi. Keyin inson ulg'ayishi bilan kichiklashib boradi. Bezning timozin gormoni jinsiy bezlar funksyasini pasaytirib, bolani vaqtidan oldin balog'atga yetishiga imkon bermaydi. Bez funksiyasi buzilganda esa barvaqt balog'atga yetish kuzatiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |