Ashula yoʻli
(Aytish yoʻlidan yoʻnaltirildi)
Ashula yoʻli – 1) cholgʻu kuylarining ashula yoʻllari. Masalan, bastakor I. Ikromov moslagan "Munojot", "Choʻli Iroq", "Mushkiloti Dugoh" singa-ri cholgʻu kuylarning ashula varianti; 2) Oʻzbekistonning turli joylarida hofizlik maktablariga xos ijrochilik-ijodchilik anʼanalari. Mas, Buxoro-Samarqand Ashula yoʻlilari, Xorazm Ashula yoʻlilari, Fargʻona-Toshkent Ashula yoʻlilari va hokazo; 3) atoqli hofizlarning ijrochilik-ijodchilik uslubiga xos asarlar. Mas, "Ushshoqi Hoji 1–P" (Hoji Abdula-ziz Abdurasulov talqinida tanilgan "Ushshoq" yoʻllari), "Ushshoqi Sodir-xon" (Sodirxon Bobosharifov yoʻli), "Toʻychi hofiz Ushshogʻi" (Mulla Toʻychi hofiz Toshmuhamedov yoʻli).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |