Azadi minorasi
Azadi minorasi (forscha: برج آزادی, Borj-e Āzādi; tarjimasi „Ozodlik minorasi“) ilgari Shahyad minorasi (برج شهیاد, Borj-e Šahyād; tarjimasi „Shohlarni yod etish minorasi“) sifatida mashhur boʻlgan obida. Eronning Tehrondagi Azadi maydonida joylashgan. Bu Tehronning diqqatga sazovor joylaridan biridir. Shaharga g’arbdan kirish yo’lida joylashgani sababli minorani „Shahar darvozasi“ deb atashadi. Shuningdek, Mehrabad xalqaro aeroporti orqali Tehronga uchib keluvchilarning nigohi eng avval Azadi minorasiga tushadi. Azadi minorasida yer osti muzeyi ham joylashgan.
Azadi minorasi | |
---|---|
Binokor | Hossein Amanat |
Material | Marmar |
Balandligi | 46 m ga yaqin |
Qurila boshlagan | 1960-yillar |
Qurilish tamomlangan | 1971-yil |
Vebsayt | azadi-tower.com |
Xarita | |
Koordinatalari | 35°41′59″N 51°20′17″E / 35.69972°N 51.33806°E |
Minora balandligi deyarli 45 m boʻlib, yuzasi toʻliq tarashlangan marmar bilan qoplangan[1][2]. Minora Eronning soʻnggi shohi Muhammad Rizo Pahlaviy tomonidan Fors imperiyasining 2500-yilligi sharafiga atab qurdirilgan va u 1971-yilda toʻliq qurib bitkazilgan.
Tarixi
tahrir1960-yillarda Eron hukumati fors (eron) davlatchiligining 2500-yilligiga bagʻishlangan loyihalar tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovda mahalliy arxitektor Hossein Amanatning ijodiy ishi gʻolib boʻladi. Minoraning qurib bitkazilishi va ochilishi 1971-yilda boʻlib oʻtadi. 16-oktabr kuni minoraning tantanali ochilish marosimiga Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy ham ishtirok etadi. U paytda minoraning nomi Borj-e Šahyād (tarjimasi: Shohlarni yod etish minorasi) boʻlgan va u joylashgan maydon ham Meydan-e Šahyād (tarjimasi Shohlarni yod etish maydoni) deb nomlangan. 1979-yil Eron islom inqilobidan keyin minora ham, maydon ham Azadi (Ozodlik) deb atala boshlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Yahoo News - Latest News & Headlines“. news.yahoo.com. Qaraldi: 1-sentabr 2015-yil.
- ↑ Hureau, Jean. Iran Today, 2nd. Ed, editions j.a.