Azenkur jangi — Kale shahri (Fransiya)dan taxminan 60 km. janubda joylashgan qishloqda boʻlgan jang. Yuz yillik urush davrida 1415-yil 25-oktabrda Azenkur yaqinida ingliz qiroli Genrix V qoʻshini (8 ming kamonchi va 1 ming piyoda ritsarlar) fransuz armiyasi (4-6 ming askar, asosan piyoda ogʻir qurollangan ritsarlar, shuningdek arbaletchilar) ustidan gʻalaba qozongan. Jang taqdirini harakatchan ingliz kamonchilari qoʻshinining ustunligi hal qilgan. Ingliz qoʻshinlari Fransiyaning shimolini, jumladan Parijni egallashgan.

Azenkur jangi. Tomas Walsingemning „Saint Albans Chronicles“dan miniatyurasi. XV asr.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil