Azimmurodov Iskandar — 1887-yili tug‘ilgan, Urgut rayoni Gus qishloq soveti, Gus qishlog‘idan, ruhoniy, imom. 1936-yili aksilinqilobiy faoliyati uchun hibsga olingan, suddan ozod qilingan. Doimiy ravishda kolxozchilar orasida SSSRni chet davlatlar tugatadi, deb aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borgan, kolxozlardagi ocharchilik to‘g‘risida aksilinqilobiy, bo‘hton gaplar tarqatganlikda ayblangan, 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan, qamoq muddati 1937-yil 7-iyuldan hisoblangan.[1][2]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari. ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.