Ayzek Azimov (2-yanvar 1920-yil; 6-aprel 1992-yil) — amerikalik fantast yozuvchi, fan targʻibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlogʻida tugʻilgan. 1923-yilda ota-onasi bilan Nyu-York shahriga koʻchib ketgan. Oʻsha yerda Kolumbiya universitetini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. Azimov Ayzeklari uchun falsafa doktori unvonini olgan. Birinchi qissasi 1939-yil e’lon qilingan. Shundan soʻng "Poydevor va Imperiya" (1952), "Men robotman", "Mangulik intihosi" (1955), "Neytrino", "Darba-dar" (1966), "Koinot oqimlari" (1972), "Poydevor qirralari" (1982), "Poy-devor va Yer" (1986) asarlarini e’lon qildi. Ayzek Azimov fantastikaga intellektual nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashkari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham oʻrin olgan. Ayzek Azimov ilmiy fantastika asoschilaridan biri. Ayzek Azimovning bir qancha hikoyalari va "Koinot oqimlari" romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil