Oqil Odilovich Azimov (1946.21.5, Toshkent) – patent-axborot sohasidagi olim, ixtirochi. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Toshkent poli-texnika institutini (1968), Standartlash va metrologiya institutini (Moskva) (1978), Butun jahon intellektual mulk tashkiloti Akademiyasini (Jeneva) (1997) tu-gatgan. Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutida ishlagan (1970–92), Oʻzbekiston Respu-blikasi Davlat patent idorasi direktori (1992-yildan). Azimovning ilmiy ishlari patent-axborot tahlili va ilmiy-texnikaviy ijodkorlik sohalariga doir. Azimov rahbarligida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va undan foydalanishning davlat tizimini tuzish hamda rivojlantirish boʻyicha ishlar olib boriladi. Uning ixtirolari bir qator sanoat va suv xoʻjaligi obyektlariga tadbiq etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil