Azimullaxon
Azimullaxon (? – 1859.7.10, Bxutval) – ingliz mustamlakachilariga qarshi Hindistonda 1857–1859 yillarda koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri. Kanpurdagi maktabda oʻqituvchi. Qoʻzgʻolon boshlanmasdan biroz ilgari Bitxur shahriga koʻchib kelib, Nana Sohib bilan tanishgan. U bilan birga Shimoliy Hindiston boʻylab safar qilib xalqni ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashga da’vat etgan. 1857-yil may – iyulda Kanpurdagi qoʻzgʻolonga rahbarlik qilgan. Inglizlar Kanpurni egallagach (17-iyul) Nana Sohib bilan Audga chekingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |