Aziz ar-Rahmon Hazarviy (Pir Aziz ar-Rahmon Hazarviy nomi bilan ham tanilgan; 1948-yil 2-fevral – 2020-yil 23-iyun) (urducha:عزیز الرحمٰن ہزاروی), pokistonlik islom olimi, Jamiyat ulamolari tashkilotining katta rahbari edi. Shu bilan birga, „Dorul Ulum Zakariyo“ (Islomobod) tashkilotining asoschisi boʻlgan. Muhammad Zakariyo al-Qandlaviyning vakolatli shogirdi edi. Hazarviyning shogirdlari orasida Muhammad Ilyos Gʻumon ham bor.

Aziz ar-Rahmon Hazarviy
عزیز الرحمٰن ہزاروی
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 2-fevral 1948-yil
Vafoti 23-iyun 2020-yil(2020-06-23)
(72 yoshda)
Jamiyat Dorul Ulamo Zakariyo
Dini Islom
Millati  Britaniya Hindistoni
 Pokiston
Tavallud shahri Battagram
Farzandlari Attiq-ar-Rahmon
Ovais Aziz
Muhammad Zakriyo Aziz
Abubakr Aziz Hazarviy[manba kerak]
Mazhab Sunniylik
Siyosiy partiya Jamiat Ulamo-i-Islom

Hayoti

tahrir

Hazarviy Muhammad Zakariyo Qandlaviyning shogirdlaridan edi[1]. Vifaq-ul-Madaris al-Arabiya[2] aʼzosi va Jamiyat Ulamo-i-Islomning yuqori martabali rahbari edi[3]. Hazarviy Jamiyat Ulamo-al-Islomning Islomoboddagi boʻlinmasini boshqargan[2]. Hazarviy Islomobodning Tarnol shahrida ustozi Qandlaviy xotirasiga Dorul Ulum Zakariyoga asos solgan[4].

Hazārviy tasavvufning Chishti tariqatida turli kishilarga ijoza bergan[5]. Uning mashhur shogirdlari orasida Muhammad Ilyos Gʻuman bor[6].

Vafoti

tahrir

Hazarviy 72 yoshida, 2020-yil 23-iyunda vafot etdi. Uning janoza namoziga Sayid Muxtoriddin Shoh imomlik qildi. Jamiyat Ulamo-i-Islom yetakchisi Fazlur Rahmon, Abdulgʻofur Hayderiy va Mavlono Abdulvasay uning vafotidan qaygʻuda ekanliklarini izhor qilgan[7][8]. Hazariyning dafn marosimida olimlar, jumladan Sayid Adnan Kakaxail ham ishtirok etgan[8].

Manbalar

tahrir