Aziza Yoqubova
Aziza Yoqubova (tugʻ. 1995-yil, Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbeklik bokschi, 51 kg gacha va 54 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2022-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va boks boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi Jahon chempionati bronza medali sovrindori. Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida birinchi boʻlib oʻzbekistonlik ayol bokschi medalni qoʻlga kiritdi.
Aziza Yoqubova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
1995-yil Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston |
Vazni |
51 kg gacha 54 kg gacha |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
ayollarning boks boʻyicha Jahon chempionati | ||
Bronza | Istanbul 2022 | 51 kg |
Faoliyati
tahrir1995-yilda Aziza Yoqubova Jizzax shaharda tugʻilgan. 2015-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi.[1] Oʻsha yili u Ulanqabda (Xitoy) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 54 kg gacha boʻlgan vazn toifasida Aziza Yoqubova birinchi raundida filippinlik Nesthy Petecio yutqizib qoʻyadi.[2][3]
2018-yilda Oʻsh shahrida (Qirgʻiziston) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro turnirda u 51 kilogrammgacha vazn toifasida ringga tushib oltin medalni qoʻlga kiritgan.[4] 2021-yilda Moskvada (Rossiya) boks boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 51 kg gacha boʻlgan vazn toifasida Aziza Yoqubova bronza medalini qoʻlga kiritdi.[5]
2022-yilda Istanbulda (Turkiya) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Aziza Yoqubova 51 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1/32 hisobida AQSh bokschi Jennifer Lozano magʻlub etib. 1/16 finalda Aziza armanistonlik sportchi Anush Grigoryan ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Keyin Yoqubova yakuniga yetgan chorak final bahsida italiyalik Giordana Sorrentinoni magʻlubiyata uchratib, yarim finalga yoʻl oldi.[6] Yarim finalda kolumbiyalik Ingrit Valenciaga qarshi oʻtkazilgan bahsda oʻzbeklik sportchi magʻlub boʻldi, Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[7][8][9][10]
Manbalar
tahrir- ↑ https://boxrec.com/en/amateurboxer/899790
- ↑ http://amateur-boxing.strefa.pl/Championships/Asian_wom_Champs2015.html
- ↑ https://uzhits.net/yangiliklar-news/18874-boks-boyicha-xotin-qizlar-ortasidagi-ochda-ikki-ozbekistonlik-sportchi-yarim-finalga-chiqdi.html[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://kknews.uz/oz/19199.html
- ↑ https://uzreport.news/sports/boks-bo-yicha-harbiylar-o-rtasidagi-jahon-chempionatida-vakillarimiz-3ta-oltin-medalga-saz
- ↑ https://sof.uz/uz/post/aziza-yoqubova-boks-boyicha-kattalar-ortasidagi-jahon-chempionatida-shohsupaga-kotariladigan-ilk-sportchimizga-aylanadi[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://qvz.uz/sport/turkiyadagi-boks-boyicha-ayollar-ortasidagi-jchda-aziza-yoqubova-va-mohira-abdullayeva-bronza-ga-ega-chiqishdi.html
- ↑ https://sputniknews-uz.com/20220517/ozbekistonlik-bokschi-qizlar-mamlakat-boks-tarixida-yangi-sahifa-ochishdi-24605388.html
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2022/05/19/boxing/
- ↑ https://zamin.uz/uz/jamiyat/81230-aktrisa-aziza-yoqubova-pnevmoniyadan-tuzaldi-unga-kasalxonadan-uyga-javob-berildi.html