Sanʼat Azizova
(Azizova San’at Sobirovnadan yoʻnaltirildi)
Sanʼat Sobirovna Azizova (1934-yil 18-iyun, Toshkent) – farmakolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1974).
Tarjimai holi
tahrirOʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻsimliklar kimyosi instituti farmakologiya laboratoriyada ilmiy xodim (1958 – 72). Toshkent pediatriya tibbiyot instituti farmako-logiya kafedrasi mudiri (1972-yildan).
Asosiy ilmiy ishlari yurak glikozidlarining yurak kasalliklariga, xususan infarqtga taʼsirini eksperimental oʻrganishga oid. Sanʼat Azizova tibbiyot instituti talabalari uchun „Farmakologiya“ darsligi muallifi[1].