Azizxon Qayumov
Azizxon Poʻlatovich Qayumov (1926-yil 19-yanvar, Qoʻqon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2018-yil 16-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston) — o`zbekistonlik olim, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori (1961), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2014)[1].
Azizxon Poʻlatovich Qayumov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 19-yanvar 1926-yil |
Vafoti |
16-fevral 2018-yil (92 yoshda) |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAzizxon Qayumov 1926-yil 19-yanvar Qoʻqonda davlat arbobi Poʻlat Qayumov oilasida tugʻilgan. 1933—1943-yillarda Qoʻoqn shahridagi 3-sonli oʻrta maktabda oʻqigan. 1944—1949-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetida tahsil olgan. 1949—1957-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, 1957—1958-yillarda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetida fan va oliy oʻquv yurtlari boʻyicha katta referent, 1958—1961-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti direktori, 1961—1963-yillarda Oʻzbekiston KP MK fan, oliy oʻquv yurtlari va maktablar boʻlimi, soʻng fan va madaniyat boʻlimi mudiri, 1963—1964-yillarda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, vazirning birinchi oʻrinbosari, 1964—1974-yillarda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Kinematografiya davlat qoʻmitasi raisi, 1974—1979-yillarda Toshkent madaniyat instituti rektori, 1979—1998-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar instituti direktori, 1998—2018-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 1995-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2018-yil 16-fevral Toshkentda 92 yoshda vafot etdi, 17-fevralda Minor qabristoniga dafn etilgan.
Asosiy ilmiy ishlari
tahrirQoʻqon adabiy muhiti mavzuida. „Maxmur“ (1956), „Hoziq“ (1957), „Gʻoziy“ (1959), „Saddi Iskandariy“ (1975), „Alisher Navoiy“ (1976, 1991), „Hayrat ulabror“ (1977), „Farhod va Shirin“ sirlari" (1979), „Nodir sahifalar“ (1991), „Bu ohang ila boʻlgʻaysen Naqshband“ (1993) kabi asarlari Apisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini oʻrganishda muhim hissa boʻlgan. Q mashnshunoslik sohasida ham samarali ish olib borib, bir qancha oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1980). „Shuhrat“ medali (1996), „Elyurt hurmati“ ordeni (2003) bilan taqdirlangan.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 2014-yil 23-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ *Nazm va tafakkur quyoshi, T., 1992; Sheʼriyat jilolari, T., 1996; Jemchujina mudrosti i taynm semi morey (B. Hasanov bilan hamkorlikda), T., 2000; Akademik Gʻafur Gʻulom, T., 2002; Akademik Vohid Zohidov, T., 2004; Akademik Oybek, T., 2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |