Azot ftoridlari
Azot ftoridlari – rangsiz, uziga xos hidli gazlar. Ularga azot triftorid (NF3), tetraftorgidrazin (N2F4), diftoramin (NF2H), diftordia-zin (N2F2), nitrozil ftorid (FNO), nitril ftorid (FNO2), triftoraminoksid (NOF3), xlordiftoramin (NC1F2), ftoramin (NH2F), dixloftoramin (NC12F) va boshqa kiradi. Ba’zan ftorazid (N3F) va nitroksiftorid (NO3lap ham Azot ftoridlari ga kiritiladi. Azot ftoridlari – kuchli oksidlovchilardir. Azot triftorid va nitrozil ftoriddan boshqalari termodinamik jihatdan beqaror. Azot ftoridlari organik moddalar sintez qilishda, tetraftorgidrazin esa suyuq yonilgʻi bilan ishlaydigan raketalarda yonilgʻini oksidlovchi vosita sifatida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |