BMW M4 – Germaniyaning nufuzli BMW kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan sport mashinasi. Avtomobil BMW kompaniyasining sport " M " kupe versiyasi boʻlib, E92 nomi bilan ham tanilgan. Mashina ishlab chiqarilgandan soʻng toʻrtinchi avlod BMW M3 seriyasining oʻrnini bosa oldi. Avtomobil 2013-yilning 16-avgustida taqdim etilgan boʻlib xuddi BMW M3 seriyasi kabi turbo dvigatel bilan jihozlangan va shu yilning oʻzida M seriyasida birinchi marta elektr boshqaruv chambaragi kuchaytirgichi oʻrnatilgan[1].

BMW M4

BMW M4
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi BMW Bayerische Motoren Werke AG
Boshqa nomlari

F82 ( 1-seriya)

G82 ( 2- seriya)
Model yili

2014-2020 (1-seriya);

2020- dan hozirgacha ( 2-seriya)
Avvalgi modeli BMW M3 E92/93
Tasnifi
Sigʻimi 500 KG
Sinfi Sport avtomobili (SPORTCAR)
Kuch moslamalari
Dvigateli BMW S55B30, BMW S58B30
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2x4; 4x4
Uzunligi 4671 mm
Kengligi 1817 mm
Balandligi 1383 mm
Vazni 1590 kg
Bak hajmi 60 litr
Eksteryer
Oʻrindiqlar soni 4 ta
Eshiklar soni 2 ta

Texnik xususiyatlari

tahrir

Oddiy BMW 4 bilan taqqoslaganda, M4 avtomobilning tomi va yukxona qopqogʻini tayyorlash uchun uglerod tolasidan foydalaniladi. Shuningdek, avtomobil yaxshilangan aerodinamika va qattiqroq shassi bilan jihozlangan. BMW M5 F10-da mavjud boʻlgan Active Sound tizimi mavjud boʻlib, u dvigatel ovozini audio tizim orqali uzatadi. BMW kompaniyasi ushbu tizimdan yaxshi ichki izolyatsiya tufayli foydalanayotganini takidlaydi.

Dvigatel va shassi

tahrir

BMW M4 uchun kompaniya M3 ning eski versiyalarida ishlatilgan ichki yonuv dvigetellaridan foydalangan. Avvallari ishlatilgan sakkiz silindrli V8 dvigateli 3,0 litrli, olti silindrli va ikkita turbokompressorli ichki yonuv dvigateli bilan almashtirildi. Kontseptsiya taqdim etilgandan keyin ham aniq texnik xususiyatlar maʼlum emas edi, lekin bir muncha vaqt oʻtgach, S55 dvigateli N55 dvigatelidan (x35i modellarida ishlatilgan) tubdan farq qilishi va dvigatel yangi BMW M3/BMW M4 uchun maxsus ishlab chiqilganligi maʼlum qilindi. Ikki oqimli turbokompressorlar taxminan 1.24 bar bosim hosil qiladi, 5500 – 7300 rpm aylanish oraligʻida 430 ot kuchi va 1850-5500 rpm oraligʻida 550 nm aylanish imkoniyatini taʼminlaydi, bu dvigatelga quvvatni „choʻkmasdan“(ortga qaytmasdan) oshirish imkonini beradi.

Anʼanaviy ravishda M seriyali avtomobillarni orqa gʻildiraklar harakatga keltirardi (barcha gʻildiraklari harakatga keltiruvchi(4x4) seriyalar 2021-yildan boshlab ishlab chiqarilgan). Tanlash uchun 6 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi yoki 7 pogʻonali ikki debriyajli transmissiya (M DCT) mavjud edi. Avtomobil bosimi elektron boshqariladigan, cheklangan sirpanishli, R18 oʻlchamli shinalari boʻlgan quyma diskli gʻildiraklar, yoki ixtiyoriy ravishda R19 oʻlchamli disklar, shuningdek, uglerod-keramik disk tormozlari bilan jihozlangan.

Dinamik koʻrsatkichlari

tahrir

BMW M4ning bir nechta seriyalari mavjud, shunga koʻra u turli xil tezlik koʻrsatkichlariga ega:

  • tezlashuv 0–100 km/soat – 3,8-4,3 sek (seriyaga qarab)
  • Maksimal tezlik – 250 km/soat, 280 km/soat, 305 km/soat (seriyaga qarab)

Avtomobil Nyurburgringda Nordshleyfeni poyga maydonini 7 daqiqa 52 soniyada bosib oʻta olgan. (7 daqiqa 27,88 soniya, GTS versiyasi)

Birinchi avlod (2014-2020)

tahrir

2014-yildan 2020-yilgacha ishlab chiqarilgan.

Ikkinchi avlod (2020-yildan hozirgi kungacha)

tahrir

2020-yil sentyabr oyida BMW kompaniyasi BMW M4 ning ikkinchi avlodini taqdim etdi. Avtomobil oldingi avlodga nisbatan ancha rivojlandi. Oldingi avloddagi kabi u 3,0 litrli 6 silindrli 2ta turbo kompressorlik ichki yonuv dvigatel bilan jihozlandi. Yangi S58 dvigateli endilikda 480 ot kuchiga ega boʻldi. Toʻliq gʻildirakli (4x4) seriyada esa 510 ot kuchiga ega boʻldi. Transmissiya tanloviga 6 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi yoki 8 pogʻonali tork konvertori avtomatik uzatmalari bilan jihozlandi. Kompaniya BMW M4ning birinchi marta toʻliq gʻildirakli (4x4) seriyalarini taqdim etdi. Toʻliq gʻildirakli(4x4) diskli versiya xDrive deb nomlandi (faqat avtomatik uzatmalar qutisi va 510 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlandi). Tashqi oʻzgarishlar radiator panjarasi va orqa dizaynga taʼsir qildi.

Birinchi avtomobillar 2020-yilning noyabrida yigʻilgan va butun dunyo boʻylab yetkazib berish 2021-yilning boshida boshlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „BMW M4. Звериные радости.“ (Ru). Kolesa.ru (2015). 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
  2. http://www.bmw.com

Havolalar

tahrir

BMW M4 rasmiy veb-saytida