Babaeski Turkiyaning Marmara viloyatidagi shaharcha. Tuman aholisi 29,342 va umumiy maydoni 652 km².

Babaeski

Boulgarophygon
Shaharcha
Skyline of Babaeski
41°25′57″N 27°05′35″E / 41.43250°N 27.09306°E / 41.43250; 27.09306
Mamlakat Turkiya
viloyat Marmara
Avvalgi nomlari Arteskos,Burtudizon,Burdidizum
Aholisi
 (2012)
29,329
Zichligi 80/km² kishi/km2
Babaeski xaritada
Babaeski
Babaeski

Nomlanishi

tahrir

Babaeski nomi quyidagi afsonadan kelib chiqqan:Istilochi Ottoman Sultan shaharning soʻngi qamal qilishi oldidan Konstantinopolga ketishida shu shaharchaga toʻxtadi. U hozirgi kunda Kichik Masjid deb nomlanadigan eski masjid oldida qari erkak bilan uchrashadi va undan shaharcha qachon tashkil qilinganini soʻraydi. Erkak javob beradi „Eskidir, eski.“Sulton erkakning yoshini soʻraganida, u yana javob beradi, "Baba…eski, " qaysiki „Ota qari“ degan maʼnoni anglatadigan. Shundan beri Babaeski nomi shaharcha uchun ishlatadi.

Tarixi

tahrir

Vizantiya vaqtlarida hudud Boulgarophygon deb atalgan va 896-yilda Bulgariyaliklar tomonidan magʻlubiyatga uchragan Vizantiyaning katta qismi boʻlgan. Gretsiyada Arteskos nomi bilan atalgan. Qadimiy vaqtlarda Burtudizon deb ham atalgan, lotinchada Burdidizum deyilgan[1][2].

Maʼlumotlar

tahrir

Babaeski eng baland nuqtasi 150 m dan oshmaydigan nisbatan tekis landshaftda joylashgan. Devil Stream (Iblis Oqimi) tuman yerlarida joylashgan. Qishloq xoʻjaligi asosiy tarmogʻi. Kungaboqar, bugʻdoy sabzavotlardan asosiy ekinlar sifatida oʻstiriladi. Sanoatning rivojlanishi oʻn yillikda asosan toʻqimachilik fabrikalari shaklida tezlashdi. Babaeski iyul oyining oxiridan avgust oyining boshiga qadarmilliy qoʻshiqchilar chiqish qiladigan yillik Babaeski Qishloq Xoʻjaligi festivaliga mezbonlik qiladi.

Aholisi

tahrir

Babaeski va Babaeski tumaniga qarashli qishloqlar turli kelib chiqishiga ege boʻlgan Onadoʻli turklari,Bolqon turklari-Muhocirlar,Yoruklar,Amuka qabilalari, musulmon magleno-rumliklar va Qrim tatarlari madaniy musulmonlar,Sunni Islomning Hanafiy mazhabiga mansub[3][4].

Belgilari

tahrir

Baʼzi tarixiy joylari:

  • Eski masjid Mehmet istilochi tomonidan 1467-yilda qurilgan. Bu hali ham ishlatilmoqda.
  • Cedid Ali Pasa Camii buyuk arxitektor Sinan tomonidan 1555-yilda Sulaymon davrida qurilgan. Bu buyuk Selimiye masjidi dizaynida qurilgan. Bu Bulgariyalik armiya tomonidan Balkan urushlarida buzilgan va keyin qayta qurilgan. Bu hali ham ibodat uchun ochiq.
  • Dorduzlu Cesme 17-asrda qurilgan. Uning toʻrt tomoni va markazida gumbazi bor.
  • Babaeski koʻprigi Murad4 tomonidan 1633-yilda qurilgan. Bu D-100 Xalqaro Yoʻllarining bir qismi va hozir ham foydalanishda.
  • Hammom klassik yagona gumbaz stilida qurilgan va haliyam foydalanilmoqda.
  • Ataturk boshlangʻich maktabi hokim Tevfik Gur tomonidan 1914-yilda qurilgan. Bu yogʻoch tom bilan qurilgan bir qavatlik bino. Bu hozir Thrace Universitetining kasbiy maktabi sifatida xizmat koʻrsatadi.

Galareya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Kazhdan, Alexander, muh. (1991), Oxford Dictionary of Byzantium, Oxford University Press, 317-bet, ISBN 978-0-19-504652-6
  2. Antoninus Pius. Intinerarivm Antonini Avgvsti — 479-bet. 
  3. „Saltikname Ve Saltik Gazi̇ Bağlaminda Babaeski̇ / Babaeski̇ İn the Context of Saltikname and Saltik Ghazi“
  4. „Trakya Halkları - trakyanet“. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-mart.