Bachadon malformatsiyasi – bu embriogenez davrida Myuller naylarining anormal rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan ayol jinsiy aʼzolari tugʻma nuqsonlarining bir turi. Simptomlar nuqsonning ogʻirligiga qarab asimptomatik holatdan amenoreya, bepushtlik, takroriy homila tushishigacha boʻlishi mumkin.

Bachadon malformatsiyasi
Bachadon malfotmatsiyalarining turli koʻrinishlari
Mutaxassislik Ginekologiya
Asoratlari Bepushtlik
Sabablari Embriogenezdagi nuqsonlar
Davolash Gisteroskopik jarrohlik

Turlari

tahrir

Amerika Reproduktiv Tibbiyot Jamiyati tasnifiga koʻra bachadon malformatsiyasining quyidagi turlari ajratiladi:

I sinf — Myuller agenezi (bachadon yoʻqligi).

Bu holat bachadonning turli qismlarining gipoplaziyasi yoki agenezi (umumiy yoʻqligi) bilan ifodalanadi:
  • Vaginal gipoplaziya yoki ageneziya;
  • Bachadon boʻyni gipoplaziyasi yoki ageneziyasi;
  • Fundal gipoplaziya yoki ageneziya (bachadon tubining yoʻqligi yoki gipoplaziyasi);
  • Tubal gipoplaziya yoki ageneziya (Fallopiy naychalarining yoʻqligi yoki gipoplaziyasi);
  • Kombinatsiyalashgan gipoplaziya – bachadonning turli qismlarining ageneziyasi;
Bu holat Mayer-Rokitanskiy-Kuster-Hauzer sindromi deb ham ataladi. MRKH sindromi boʻlgan bemorda birlamchi amenoreya boʻladi.

II sinf — bir shoxli bachadon (bir tomonlama bachadon).

Bitta Myuller kanalining qisman yoki toʻliq rivojlanmasligi natijasida kelib chiqadigan kam uchraydigan holat. Bachadon diagnostik intrumental usullarda „banan shakli“da koʻrinadi. Ushbu holatni quyidagi kichik guruhlarga boʻlish mumkin:
  • Aloqa qiluvchi: rudiment bachadon shoxi hosil boʻladi va u bachadon tanasi bilan aloqa qiladigan boʻshliqni namoyon qiladi.
  • Aloqa qilmaydigan: rudiment bachadon shoxi hosil boʻladi va u bachadon tanasi bilan aloqa qilmaydigan boʻshliqni namoyon qiladi.
  • Boʻshliq boʻlmasligi: rudiment bachadon shoxi boʻshliqsiz namoyon boʻladi.
  • Shox boʻlmasligi: rudiment bachadon shoxi yoʻq, faqat ishlaydigan shox mavjud boʻladi.

III sinf — bachadon didelfisi (ikkita bachadon).

Myuller kanallarining ikkalasi ham rivojlanadi, lekin birlashmaydi, shuning uchun bemorda „qoʻshaloq bachadon“ paydo boʻladi.

IV sinf — Ikki shoxli bachadon.

Myuller tizimining bachadonni tashkil etuvchi qismining faqat yuqori qismi birlasha olmaydi, shuning uchun bachadonning kaudal qismi normal, kranial qismi ikkiga boʻlingan boʻlinadi. Bachadon „yurak shaklida“ boʻladi. Bu holat toʻliq yoki qisman boʻlishi mumkin.

V sinf — Ajratilgan bachadon (bachadon toʻsigʻi boʻlishi).

Ikki Myuller kanali birlashadi, lekin ular orasidagi toʻsiq hali ham mavjud boʻlib, boʻshliqni ikki qismga boʻladi. Toʻsiq bilan qin, bachadon boʻyni va bachadon ajralgan boʻlishi mumkin. Bachadonda toʻsiq boʻlishi toʻliq yoki qisman boʻlishi mumkin. Bachadon toʻsigʻini gisteroskopik jarrohlik yoʻli bilan tuzatish mumkin.

VI sinf — DES (dietilstilbestrol bilan zararlangan – T-shaklidagi) bachadon. Bachadon boʻshligʻi dietilstilbestrolning fetal taʼsiri natijasida „T-shakli“ ga ega boʻladi.

Qoʻshimcha variantlardan biri yoysimon bachadon boʻlib, bunda boʻshliq ichida bachadon tubida botiq chuqurcha hosil boʻladi.

Bachadon anomaliyalari boʻlgan bemorlarda buyrak anomaliyalari, shu jumladan, bir tomonlama buyrak agenezi boʻlishi mumkin[1].

 
T shaklidagi bachadonning gisterosalpingografiyasi

Qoʻshaloq qin

tahrir

Qin asosan Myuller kanallaridan kelib chiqqanligi sababli, ikkala kanalning birlashmasligi vaginal duplikatsiyaning shakllanishiga olib kelishi mumkin va ikki kanal oʻrtasidagi devorning soʻrilmasligi qoldiq toʻsiqni qoldiradi va „qoʻshaloq qin“ paydo boʻlishiga olib keladi. Bu holat bachadon didelfisi yoki bachadon toʻsigʻi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[2][3][4].

Diagnostikasi

tahrir
 
Ultratovush tekshiruvida bachadon didelfisi koʻrinishi

Birlamchi tekshiruvdan tashqari, shifokorga malformatsiyaning xarakterini aniqlash uchun instrumental tekshiruv usullari kerak boʻladi: ginekologik ultratovush tekshiruvi, chanoq boʻshligʻi aʼzolarining MRT tekshiruvi yoki gisterosalpingografiya. Bachadonning tashqi konturini baholash va ikki shoxli va toʻsiqli bachadonni ajrata olmasligi sababli gisterosalpingogramma foydali hisoblanmaydi. Bundan tashqari, malformatsiyani diagnostika qilishda laparoskopiya va/yoki gisteroskopiya qoʻllanilishi mumkin. Baʼzi bemorlarda vaginal rivojlanish ham buzilishi mumkin.

Davolash

tahrir

Jarrohlik aralashuvini qoʻllash nuqssonning darajasiga bogʻliq. Didelfik bachadonda jarrohlik odatda tavsiya etilmaydi. Bachadon toʻsigʻini laparoskopiya va gisteroskopiyani birlashtirgan oddiy ambulatoriya usulida rezeksiya qilish mumkin. Ushbu muolaja anomaliyaga ega boʻlgan ayollar uchun abort qilish darajasini sezilarli darajada kamaytiradi.

Tarqalishi

tahrir

Bachadon malformatsiyasining tarqalishi umumiy populyatsiyada 6,7% ni, bepushtlik bilan kasallangan ayollar orasida biroz yuqoriroq (7,3%) va takroriy homila tushishi boʻlgan ayollar populyatsiyasida sezilarli darajada yuqori (16%) ekanligi aniqlangan[5].

Manbalar

tahrir
  1. Li, S; Qayyum, A; Coakley, FV; Hricak, H (2000). "Association of renal agenesis and mullerian duct anomalies.". Journal of Computer Assisted Tomography 24 (6): 829–34. doi:10.1097/00004728-200011000-00001. PMID 11105695. 
  2. Heinonen, PK (2006). "Complete septate uterus with longitudinal vaginal septum.". Fertility and Sterility 85 (3): 700–5. doi:10.1016/j.fertnstert.2005.08.039. PMID 16500341. 
  3. Perez-Brayfield, MR; Clarke, HS; Pattaras, JG (2002). "Complete bladder, urethral, and vaginal duplication in a 50-year-old woman.". Urology 60 (3): 514. doi:10.1016/S0090-4295(02)01808-3. PMID 12350504. https://archive.org/details/sim_urology_2002-09_60_3/page/514. 
  4. British Woman With 2 Wombs Has Triplets. Associated Press, 22 December 2006.
  5. Sotirios H. Saravelos; Karen A. Cocksedge; Tin-Chiu Li (2008). "Prevalence and diagnosis of congenital uterine anomalies in women with reproductive failure: a critical appraisal.". Human Reproduction Update 14 (5): 415–29. doi:10.1093/humupd/dmn018. PMID 18539641. http://eprints.whiterose.ac.uk/9074/1/Saravelos_WRRO.pdf. „Prevalence and diagnosis of congenital uterine anomalies in women with reproductive failure: A critical appraisal -- Saravelos et al., 10.1093/Humupd/Dmn018 -- Human Reproduction Update“. 2008-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-iyul.

Havolalar

tahrir