Bachki
Bachki – 1) oʻsimlik ildizidagi kurtaklardan yoki tana ostidan oʻsib chiqadigan novdalar. Bachkilarning oʻsib chiqishi tabiiy vegetativ koʻpayishning bir usulidir. Yantoq, pechak, olcha, olxoʻri, terak, qayragʻoch, boʻztikan Bachkilar orqali koʻpayadi. Bunday koʻpayishda oʻsimliklarning tuproq orasidagi poyasi bilan birga ildizlari ham kurtaklanib, poya chiqaradi. 2) ustki kiyim (chopon, chakmon, yaktak va boshqalar)ning tagi tor kelganda oldi va orqa qismi orqasiga kiritiladigan uloq.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |