Badaxos

Ispaniya janubi-gʻarbidagi shahar

Badaxos – Ispaniya janubi-gʻarbidagi shahar, Estremadura muxtor viloyatida, Gvadiana daryosi sohilida. Badaxos provinsiyasi maʼmuriy markazi. Portugaliya chegarasidagi tranzit punkt. Aholisi 128 ming kishi (1990). Koʻnteri sanoati rivojlangan. Vinochilik, toʻqimachilik, chinni buyumlar ishlab chiqarish korxonalari bor. Sobor (XIII asr) va 32 ravoqli Palmas koʻprigi (XVI asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil