Badoeʼi Atoiy
“Badoeʼi Atoiy” – Atoulloh Husayniyning adabiyotshunoslikka doir asari. Asl nomi – “Badoeʼ us-sanoe” (“Badiiy sanʼatlar”). 1493-yilda Alisher Navoiyning maslahati bilan yozilgan.
Asar tuzilishi
tahrirAsar debocha, muqaddima, uch bob va xotimadan iborat. Debochada asarning yozilish sabablari haqida soʻz boradi. Muqaddima aruz ilmiga oid boʻlib, unda arab-u ajamda mashhur boʻlgan bahrlar (15 ta) va zihoflar (28 ta)ga toʻxtalingan. Asarning asosiy qismi badiiy sanʼatlar tahliliga bagʻishlangan boʻlib, muallif ularni mohiyat eʼtiboriga koʻra uch qismga boʻladi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy qism uch bobga ajratilgan: 1) lafziy sanʼatlar bayoni (60 ta); 2) maʼnaviy sanʼatlar bayoni (63 ta); 3) lafziy va maʼnaviy goʻzalliklar (23 ta). Xotima ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismda maʼno bilan bogʻliq ayblar, yaʼni sheʼr illatlari haqida fikr yuritilib, ikkinchi qismda 10 dan ortiq adabiy istiloh haqida soʻz boradi. Asar 1981-yilda A. Rustamov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
Navoiy eʼtirofi
tahrirNavoiy ushbu asar nomini “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida Atoulloh Husayniy bilan bogʻliq bobda tilga oladi[1][2][3].