Badriy Abdulla (1893, Samarqand – 1936) – oʻzbek dramaturgi. Rus-tuzem maktabini tamomlab, muallimlik qilgan. 1910-yillarda yevropacha usuldagi yangi oʻzbek teatrining shakllanishiga hissa qoʻshgan. Oʻzining drama truppasini tashkil etdi. 1914–16 yillarda "Juvonmarg", "Ahmoq", "Oʻgay ota", "Boyvachcha" kabi pyesalarini yozdi. Ularda oʻzbek xalqining oʻtmishi va oʻsha davrdagi kechmish hayoti aks ettiriladi. Xususan "Nomoz oʻgʻri" (1920) pyesasida oʻzbek xalqining rus bosqinchilariga qarshi kurashi yoritiladi. Pyesa B. A. truppasi kuchi bilan sahnalashtirilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil