Bae Seul-ki
Bae Seul-ki (koreyscha: 배슬기, 1986-yil 27-sentyabrda tugʻilgan)[1] — Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U The Red aʼzosi sifatida qoʻshiqchilik debyutini qilgan, keyin esa qoʻshiqlarini yakkaxon tarzda aytishni boshlagan.
Bae Seul-ki | |
---|---|
Tavalludi |
27-sentyabr 1986-yil Janubiy Koreya |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi | Aktrisa, qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 2005-hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Shim-seop (turm. 2020) |
Faoliyati
tahrirBae Seul-ki Sangmyong universitetida teatr va kino sohasida tahsil olgan, soʻngra 2005-yilning kuzida aktrisalar Oh Seung-eun va Ju So-Young bilan The 빨강 (The Red) loyiha guruhining bir qismi sifatida oʻzining koʻngilochar debyutini qilgan. Bu orqali u yakkaxon debyutidan oldin sahna tajribasi qilgan va shuhrat qozongan. U koʻplab estrada shoularida qatnashib, SBS telekanalining Love Letter dasturida oʻzining 복고 (bokko „eski maktab“ degan maʼnoni anglatadi) raqsini ijro etib, Internetda shov-shuv koʻtargan.
Guruh 2006-yil boshida tarqalib ketganidan soʻng, ovoz yozish kompaniyasi Baeni yakkaxon qoʻshiqchi boʻla oladi, deb hisoblagan. Ular qisqa muddatda raqamli singl tayyorlaganlar, 2006-yilning kuzida toʻliq albom chiqarilgan. Albomdagi birinchi „강한 여자“ (Ganghan Yujah, „kuchli ayol“ degan maʼnoni anglatadi) singlini sahnada ijro etish uchun u kuchli xoreografiyani oʻrgangan. Tez orada „말괄량이“ (Malgwalyangee, „qishloq qizi“ degan maʼnoni anglatadi) qoʻshigʻini chiqardi. Ushbu qoʻshiq Koreya musiqa chartlarida muvaffaqiyat qozongan va klip ham chartlarda uch hafta davomida birinchi oʻrinni egallagan. 2007-yil may oyida Bae Kan Mi-youn kabi boshqa yulduzlar qatorida Banana Girls guruhining „Chocolate“ klipida mehmon sifatida ishtirok etgan. „Strong Woman“ va „Tomboy“ muvaffaqiyatlaridan soʻng yangi imidj bilan qaytgan Bae 2007-yil 8-oktyabrda Flying nomli ikkinchi albomini chiqargan. Ushbu albomni yaratish uchun Koreyaning mashhur musiqa produserlari bilan hamkorlik qilgan.[2] 2014-yilda Bae mashhur xitoycha qoʻshigʻi „Little Apple“ ning klipida bosh raqqosa sifatida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirBaening ukasi va singlisi bor. U Rim-katolik dinidandir. U 2020-yilda YouTuber Shim Seopga turmushga chiqqan.[3]
Diskografiyasi
tahrirSingllari
tahrirSarlavha | Yil | Albom |
---|---|---|
"I Fell in Love" (난 사랑에 빠졌죠) | 2006 | One For Love singl albomi |
"Happy Christmas" | Happy Christmas singl albomi | |
"Desert Island" (무인도) Kim Gyeong-Wook bilan |
2009 | Bae Seul-ki and Namolla Family |
Soundtracklari
tahrirSarlavha | Yil | Albom |
---|---|---|
"Dream With Me" (꿈은 나에게) | 2007 | Yakitate!! Japan |
"Somehow" (왠지) | 2017 | Still Loving You |
"Everything" (전부) | A Sea of Her Own |
Filmografiyasi
tahrir
Televideniyedatahrir
|
Kinolartahrir
|
Manbalar
tahrir- ↑ „Archived copy“ (ko). Mnet. 28-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2018-yil.
- ↑ (koreyscha) 배슬기, 2집으로 가요계 전격 컴백 (Wayback Machine saytida 2007-11-07 sanasida arxivlangan) October 10, 2007. Retrieved October 18, 2007.
- ↑ Lee. „[단독 배슬기 "남편이 나보다 더 유명"...유튜버 심리섭과 9월 결혼 (인터뷰 종합)“] (ko). Chosun (27-avgust 2020-yil). 2022-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.
Havolalar
tahrir- Bae Seul-ki Instagram sahifasi