Bafeus jangi yoki Koyunhisar jangi (grekcha: Μάχη του Βαφέως; turkcha: Bafeus Muharebesi, Koyunhisar Muharebesi)[5] — 1302-yil 27-iyulda Vizantiya imperiyasi va Usmonli bekligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Bafeus jangi Vizantiya va Usmonlilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan ilk qurolli jangdir. Jangda Usmon Gʻoziy boshchiligidagi Usmonli qoʻshini gʻalabaga erishdi. Tarixchi Halil İnalcıkka koʻra, ushbu jangdan soʻng Usmonlilar imperiyasiga asos solingan[6].

Bafeus jangi
Usmonli-Vizantiya jangi
Sanalar 1302-yil 27-iyul
Urush yeri Yenişehir tekisligi, Koyunhisar qishlogʻi
Natija Usmonlilarning g'alabasi
Raqiblar
Vizantiya imperiyasi Usmonli bekligi
Qoʻmondonlar
Heteriarch Mouzalon Usmon I
Kuchlar
10,000[1][2] 5,000[3][4]
Yoʻqotishlar
5,000 o'lgan 600 o'lgan

Turli Usmonli manbalari va Yeoryos Pahimerisga asoslanib, Halil Inalcik Bafeus jangining sababini Usmonli imperiyasining Nikea (bugungi Iznik)ni turklar hukmronligi ostiga qaytarish istagi ekanligini koʻrsatadi[7].

Jangning yeri

tahrir

Koyunhisar jangi deb taʼriflangan urush, bugungi kunda Bursa viloyatining Yenişehir tumanidagi Koyunhisar yoki boshqa (sobiq) nomi bilan Hamidiye qishlogʻi joylashgan tekislikda boʻlib oʻtgan[8][9]. Dastlab Bursa hokimi Adranos, Kestel va Kite tekfurlari Usmon Beyga qarshi birlashdilar. Vizantiya imperatori Andronikos II ham asosan pulli askarlardan iborat 2,000 dan ortiq jangchi birliklarini joʻnatdi. Ammo bu joʻnatilgan Vizanti birligi Usmon I qoʻmondonligidagi Usmonli qoʻshini tomonidan Iznikning janubiy-gʻarbiy qismidagi Koyunhisar (Bafeus) tekisligida yanchib tashlandi.

Bu urushda magʻlub boʻlgan Vizantiya qoʻshinlari koʻp talofat koʻrmagani va markaziy Vizantiya kuchiga mansub Alan asli yollanma askarlarning koʻpchiligi tarqoq holda Iznikga qaytganligi maʼlum qilingan. Usmonli qoʻshinidan Usmon Ining jiyani Aydogʻdu jangda halok boʻlganligi haqida maʼlumot bor[10]. Aydogʻdu aslida Dimbos jangida vafot etgan boʻlib, Koyunhisarga dafn etilgan[8][9].

Jangning natijasi

tahrir
  • Kite qal’asi fath etildi.
  • Bursaning shimolidan tashqari uch tomoni Usmonli beyligi tomonidan qurshaldi.
  • Usmonlilar Vizantiya tekfurlarini magʻlub etib, zotan zayiflashib qolgan Vizantiya imperiyasini kuchini yanada zayiflashtirdi.
  • Iznik va Izmit shaharlarini fath etish uchun yoʻl ochildi[11].
  • 1313-yilda Harmankaya tekfuru Köse Mihal musulmon boʻlib, usmonlilarga qoʻshildi. Xuddi shu yili Lefke, Mekece, Akhisar, Geyve va Leblebici qal’alari fath etildi.
  • Tarixchi Halil Inalcik 2009-yildagi intervyusida ushbu jangdan soʻng Usmonli bekligi davlat darajasiga yetganligini taʼkidlagan[12].

Manbalar

tahrir
  1. Kazhdan (1991), p. 251
  2. Bartusis (1997), p. 76
  3. Bartusis 1997, s. 76.
  4. Uzunçarşılı 1988, 1. Cild, ss. 105—106.
  5. Halil İnalcık, (1997) „Osman Gazi’nin İznik Kuşatması ve Bafeus/Koyunhisar Muharebesi“, Osmanlı Beyliği (1300-1389), Tarih Vakfı Yurt Yayınları, ISBN 978-975-333-067-1, 97p.
  6. „100 yaşındaki bilge Halil İnalcık: Bu sıkıntılı devir geçecek“. 2016-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. İnalcık, Halil; sf. 303
  8. 8,0 8,1 ^ Halil İnalcık: Kuruluş Dönemi Osmanlı Sultanları, Türk Diyanet Vakfı, İstanbul, 2010, ISBN 978-605-55-8606-5, pp.36-38
  9. 9,0 9,1 ^ Studies in Ottoman history in honour of Professor V. L. Ménage Isis Press 1994, p. 205
  10. Norwich, John Julius, (1991) Byzantium: The Decline and Fall, Londra:Penguin ISBN 0-14-011447-5, say.263 Andoza:İng
  11. Kazhdan (1991), p. 1484
  12. „Haber sitesi "ntvmsnbc"'nin 27 Temmuz 2009 tarihli bülteninde "Prof. İnalcık: Osmanlı 1302'de kuruldu" adlı madde“. 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Bartusis, Mark C. (1997), The Late Byzantine Army: Arms and Society 1204–1453, University of Pennsylvania Press, ISBN 978-0-8122-1620-2
  • İnalcık, Halil (1994), „Osman Ghazi's Siege of Nicaea and the Battle of Bapheus“, in Zachariadou, Elizabeth (muh.), The Ottoman Emirate (1300–1389). Halcyon Days in Crete I: A Symposium Held in Rethymnon, 11–13 January 1991 (PDF), Crete University Press, ISBN 960-7309-58-8, 22-iyun 2010-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 23 may 2022 {{citation}}: More than one of |archivedate= va |archive-date= specified (yordam); More than one of |archiveurl= va |archive-url= specified (yordam)CS1 maint: date format ()
  • Laiou, Angeliki E. (1972), Constantinople and the Latins: The Foreign Policy of Andronicus II, 1282–1328, Harvard University Press, ISBN 978-0-674-16535-9