Baho al-Din Bagʻdodiy
Baho al-Din Bagʻdodiy (forscha: بها الدین بغدادی) – forscha xat yozish boʻyicha oʻz mahorati bilan ajralib turadigan Xorazmshohlarning fors kotibi[1]. U Ala al-Din Tekish (1172–1200-yillar davomida) huzuridagi devon-u insho (devonxona) boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.
Baho al-Din Bag'dodiy | |
---|---|
Xorazmshohlarning fors kotibi, shoir, devonxona boshligʻi | |
Mansab davri 1172-yil – 1200-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Baho al-Din Bagʻdodiy |
Vafoti |
1192-yildan keyin Bogʻdod Xorazm |
Qarindoshlari | Majid al-Din Bagʻdodiy (akasi) |
Biografiyasi
tahrirBaho al-Dinning tugʻilgan yili va hayotiy faoliyati noaniq. U Oʻrta Osiyoning Xorazmdagi Bagʻdod degan joyda tavallud topgan, yashagan va XII-XIII asrlarda taniqli xattot Majididdin Bagʻdodiy ismli akasi boʻlgan. Baho al-Din birinchi marta Xorazmshoh Ala al-Din Tekish (1172—1200) hukmronligi davrida mashhurlikka erishgan. Uning davrida saroydagi devon-u inshoning (devonxona) boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.
Baho al-Din Xorazm sudida aybdor topilganligi uchun ikki marta qamoqqa tashlangan. Dastlab Tekishning vaziri Nizom al-Mulk Shamsiddin Mas’ud Hiraviy bilan kelishmovchilikdan soʻng qisqa muddatga, keyinroq esa Tekishning ukasi, keyingi xorazmshoh Sultonshoh tomonidan 1186—1189 yillarda Marvda qamoqqa tashlangan[2]. U ikkinchi marotaba qamoqda oʻtirgan paytlarida forscha Risala-ye habsiya („Qamoqxona xabari“) asarini yozgan. Aka-uka oʻzaro taxt uchun sulh tuzgach, qamoqdan ozod qilingan va yana Tekishga qaytib kelgan. Amin Roziyning (XVII-asrda vafot etgan) Haft eqlim ("Yetti iqlim") asariga koʻra, Baho ad-Din oʻz lavozimini keyingi Xorazmshoh Muhammad II (1200–1220) davrida ham saqlab qolgan. Eronshunos Klifford Edmund Bosvort Baho ad-Din haqida „Uning haqiqatga erishishi qiyin boʻldi“,- deb oʻz asarida keltirib oʻtgan. Baho al-Dinning ismi va faoliyati 1192-yildan keyin yozma manbalarda qoʻllanmagan.
Baho al-Din nasriy asarlarining yuqori sifatliligi bilan koʻzga koʻringan adib sifatida davr ijodkorlari orasida ajralib turdi. Uning ijodi Avfiy, Sadiddin Varaviniy kabi shoirlar tomonidan yuqori baholangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ The Coming of the Mongols. Bloomsbury Publishing, 2017. ISBN 9781786733832.
- ↑ The Coming of the Mongols. Bloomsbury Publishing, 2017. ISBN 9781786733832.
- ↑ The Coming of the Mongols. Bloomsbury Publishing, 2017. ISBN 9781786733832.