Bahodir Xoliqov (hokim)
Bahodir Xoliqov (1972-yil 26-yanvar, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi, davlat arbobi, 2023-yildan buyon Rishton tumani hokimi, Rishton tuman Kengashi deputati.
Bahodir Xoliqov | |
---|---|
Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov | |
Rishton tumani hokimi | |
Mansab davri 2023-yil 11-avgustdan – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Deputat | Rishton tuman Kengashi |
Oʻtmishdoshi | Sufhonjon Soliyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-yanvar 1972-yil Rishton tumani, Fargʻona viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Taʼlim | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1994-yil) |
Maʼlumoti | Oliy |
Hayoti
tahrirBahodir Rahmatullayevich Xoliqov 1972-yil 26-yanvarda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 1994-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodiy kibernetika yo‘nalishini tamomlagan[1]. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi[1].
Ish faoliyati
tahrirBahodir Xoliqov soliq tizimidagi oʻz faoliyatini 1994-yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan. Koʻp yillar mobaynida soliq tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan, jumladan, Marg‘ilon, Quvasoy va Farg‘ona shaharlarida Davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i bo‘lgan[1]. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘limiga rahbarlik qilgan[2].
2019–2020-yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i sifatida, 2020–2021-yillarda Fargʻona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yil 24-may kuni Fargʻona viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga oʻtgan[3][4].
2023-yil 11-avgust oyida Fargʻona viloyatining Rishton tumaniga hokim etib tayinlangan[5][6][7]. 2023-yil 15-dekabrdan Rishton tuman Kengashi deputati deb topilgan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Gazeta.uz. „Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralari rahbariyatida qator o‘zgarishlar bo‘ldi“ (23-mart 2019-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Rishton tumani hokimligining rasmiy veb sayti. „Фарғона вилояти Риштон тумани ҳокими“ (11-avgust 2023-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (24-may 2021-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Xabar.uz. „Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (24-may 2021-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Nodirjon Madaminov. „Rishton tumaniga yangi hokim tayinlandi“. Qalampir.uz (11-avgust 2023-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Rishton tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (11-avgust 2023-yil). Qaraldi: 30-aprel.
- ↑ UzReport.news. „Bahodir Xoliqov Rishton tuman hokimi etib tayinlandi“ (12-avgust 2023-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Rishton.uz. „XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI“ (15-dekabr 2023-yil). — „Saylov natijalariga ko‘ra 80 foizdan yuqori ovoz to‘plagan Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputati etib topilgan.“. Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.