Bahodir Yoʻldoshev

Oʻzbekistonlik aktyor va rejissyor

Bahodir Tursunovich Yoʻldoshev (1945.7.9, Kattaqoʻrgʻon shahri – 2021.16.05) – aktyor va rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1979), Oʻzbekiston xalq artisti (1995). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). Hamza teatrida rejissyor assistenti (1968—70), rejissyor (1970-74), bosh rejissyor (1974-84). 1984-yildan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrining bosh rejissyori. Eng yaxshi spektakllari: „Roʻyxatlarda yoʻq“ (B. Vasilyev), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Farmonbibi arazladi“ (S. Ahmad), „Nodirabegim“ (T. Toʻla), „Yulduzli tunlar“ (P. Qodirov), „Zebunniso“ (Uygʻun), „Maysaraning ishi“ (Hamza), „Qora kamar“ (Sh. Xolmirzayev), „Iskandar“ (A. Navoiy), „Arshin mol olon“ (U. Hojibekov), „Malika“ (Fotima Galer), „Buyuk ipak yoʻli“ (M. Bafoyev musiqasi asosida), „Buxoroyi sharif“ (S. Ayniy asari asosida), „Togʻa-jiyanlar“ (R. Bobojon) va b. Bir qancha boshqa teatrlarda ham spektakllar qoʻygan: Muqimiy teatrida „Nodirabegim“, Laos teatrida „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, AQShda „Dunyo yoshlari“, Konibodom teatrida „Sudxoʻrning oʻlimi“, Sirdaryo teatrida „Dardimni kimga aytay“, „Maʼmura kampir“, Samarqand teatrida „Nodirabegim“, „Checha“, „Buyuk ipak yoʻli“, Navoiy teatrida „Alisher Navoiy“ operasi va b. U, shuningdek, mamlakatning turli sanalariga bagʻishlangan bayram tomoshalarini sahnalashtirgan: „Ulugʻbek yubileyi“ (1994), „Navroʻz“ (1995), „Amir Temur yubileyi“ (1996, Registon), „Sharq taronalari“ (1997) va b. shular jumlasidan. Kinoda aktyor sifatida Olchinbek („Olovli yoʻllar“), Muxtorov („Togdagi uchrashuv“), Sherzod („Olmos kamar“), Sobirov („Oshpaz“) kabi obrazlar yaratgan. Uning spektakllari har bir vokeaning, epizodning mohiyatini ifodalashga qodir sahna vositalariga boyligi bilan, tasviriy vositalar, musiqa, plastikaning murakkab ohangdoshligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, yangi sahna shakllarini topish, davr mavzusi, gʻoyalari, harakter, oʻzbek teatri anʼanalarini unutmagan holda jahon teatri jarayoni kengliklariga chiqishga intilish, bugungi kun uchun dolzarb boʻlgan mavzuni hozirjavoblik bilan sahnaga olib chiqish Y. ijodiga xos. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1998). 2021 – yil 16-mayda vafot etgan[1].

Bahodir Yoʻldoshev
Tavalludi 7-sentyabr 1945-yil
Vafoti 16-may 2021-yil(2021-05-16)
(75 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi
Mehnat shuhrati ordeni

Shaxsiy hayoti

tahrir

Bahodir Yoʻldoshev va aktrisa Rimma Ahmedovaning oʻgʻli aktyor Bobur Yoʻldoshevdir[2][3].

Ikkinchi turmush oʻrtogʻi aktrisa Gulbahor Yoʻldoshevadir[4].

Manbalar

tahrir