Bahouddin ibn Shaddod (toʻliq ismi: Abulmahosin Yusuf ibn Rofiʼ ibn Shaddod al-Asadiy) (1145 – 1234) – arab tarixchisi, faqihi. Bagʻdodda ayyubiylar sultoni Salohuddin al-Ayyubiy (1138 – 1191) saroyida avval qoziaskar, keyinchalik Quddusi Sharif hokimi etib tayinlanadi. Sulton Salohuddin vafot etgach, uning oʻgʻli sulton Az-Zohir Gʻoziy (1167–1215) uni Halab qozisi etib tayinlaydi. Bahouddin Ibn Shaddod oʻzi qurgan „Dor ul-hadis“ („Hadis uyi“) madrasasida umrining oxiriga qadar mudarrislik qachib, bir qancha asarlar yaratadi. Ulardan eng mashxuri – „Siyrat Salo-xiddin al-Ayyubiy“ („Salohuddin al-Ayyubiy sarguzashti“) nomli tarixiy asaridir. Bahouddin Ibn Shaddodning fiqhga doir „Mal-jaʼ al-ahkom inda iltibos al-ahkom“ ["Hukmlar chalkash boʻlganda murojaat qilinadigan (toʻgʻri) hukmlar kitobi"], „Daloil al-ahkom“ („Hukmlar dalillari“) kabi asarlari ham mavjud[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil