Bahri bayt
Bahri bayt (arab, bahr – vazn va bayt soʻzidan) – ijodiy musobaqa. Bu avvaldan Sharq ijodkorlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan ijodiy musobaqa hisoblanadi. Ushbu ijodiy musobaqa uchun maxsus qoidalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda qatnashuvchilar navbatma-navbat bayt aytib tortishishadi.
Turlari
tahrirBahri baytning 2 turi bor:
1) qatnashuvchilardan biri aytgan baytning oxirgi soʻzi qaysi harf bilan tugagan boʻlsa, ikkinchisi birinchi soʻzni xuddi shu harf bilan bosh-lab bayt aytadi. Masalan:
Kimga qildim bir vafo, kim yuz jafosin koʻrmadim,
Koʻrguzub yuz mehrkim, dardu balosin koʻrmadim.
Men vafosi vaʼdasidin shodmen.
Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur.
Bahri baytda mavzu va mazmun birligi shart emas, ammo aytilgan bayt yoki misra takrorlanmasligi kerak; 2) qatnashuvchilardan biri ikkinchisiga qayerga borgani, kimnikiga qoʻngani, qoʻnoq joyda kimni koʻrgani. qanday ovqat yegani va qanday qoʻshiq aytgaii yoki eshitgani haqida soʻroq beradi. Javob beruvchi soʻroqqa biror joyning nomini aytadi. Keyingi har bir soʻroqqa oʻsha joy nomining oxirgi harfi bilan boshlanadigan jumla yoki qoʻshiq bilan javob qaytaradi. Tortishuv tomonlardan biri yengilgunga qadar yoki muayyan vaqt mobaynida shu tartibda davom etadi.
Mavzu
tahrirBahri baytda mavzu va mazmun birligi shart emas, ammo aytilgan bayt yoki misra takrorlanmasligi kerak. Qolaversa, o‘yinni ma’lum bir ijodkor she’riyati yuzasidan yoki umumiy tarzda ham o‘ynash mumkin. Ushbu o‘yindan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchining quvvai hofizasi va adabiy didini sinovdan o‘tkazish hisoblanadi.
Bahribayt so‘zining bir-biridan go‘zal, bir-biridan qolishmaydigan kabi ma’nosi ham bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |